«Chelsi» Iraola bilan yangi murabbiy borasida muzokara o'tkazdi

«Chelsi» Iraola bilan yangi murabbiy borasida muzokara o'tkazdi

Londonning «Chelsi» klubi yangi bosh murabbiy qidirish ishlarini jadallashtirdi. Rahbariyat ayni damda «Bornmut» ustozi Andoni Iraola vakillari bilan aloqaga chiqqan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ispaniyalik mutaxassis Angliya janubiy sohilidagi faoliyati davomida mutaxassislar va muxlislar tomonidan yuqori baholandi. Uning o'yin uslubi London klubi egalariga ma'qul kelmoqda.

«Chelsi» Iraola bilan yangi murabbiy borasida muzokara o'tkazdi

Iraola Liam Rozenyor ketganidan so'ng «Stemford Brij»dagi bo'sh qolgan o'rinni egallash uchun asosiy nomzodlardan biriga aylandi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yaqin kunlarda hal qiluvchi pallaga kiradi.

Hozirda «Chelsi» rahbariyati bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqmoqda, biroq Iraolaning tajribasi va natijalari uni ro'yxatda birinchi o'ringa olib chiqdi.

«Chelsi» Iraola bilan yangi murabbiy borasida muzokara o'tkazdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.