Rodri jiddiy jarohat sababli uzoq muddatga safdan chiqdi

Rodri jiddiy jarohat sababli uzoq muddatga safdan chiqdi

«Man Siti» jamoasining asosiy yarim himoyachisi Rodri Angliya Premyer-ligasi doirasida «Arsenal»ga qarshi kechgan bahsda jarohat oldi. Futbolchi uchrashuvning birinchi bo'limida chov qismidagi og'riqlar sababli maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ushbu bahs 2:1 hisobida «shaharliklar» foydasiga hal bo'lgan bo'lsa-da, yetakchi o'yinchining safdan chiqishi g'alaba quvonchiga soya soldi. Rodri jamoaning o'yin tizimida eng muhim bo'g'inlardan biri hisoblanadi.

Rodri jiddiy jarohat sababli uzoq muddatga safdan chiqdi

Bosh murabbiy Pep Gvardiola o'yindan so'ng bergan intervyusida futbolchining holati borasida aniq ma'lumot yo'qligini bildirdi. Klub shifokorlari hozirda tibbiy tekshiruv natijalarini kutmoqda.

Ispaniyalik yarim himoyachining safdan chiqishi chempionlik poygasidagi kuchlar nisbatiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Yaqin kunlarda uning qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ladi.

Rodri jiddiy jarohat sababli uzoq muddatga safdan chiqdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.