Santi Kasorla «Barselona» yulduzi Pedrini Lamin Yamaldan ustun qo'ydi

Santi Kasorla «Barselona» yulduzi Pedrini Lamin Yamaldan ustun qo'ydi

Ispaniya terma jamoasi va «Arsenal» klubining sobiq yulduzi Santi Kasorla «Barselona»ning ikki iqtidorli futbolchisi — Pedri va Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Ikki karra Yevropa chempioni kataloniyaliklar yarim himoyachisining o'yin uslubiga yuqori baho berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirda 41 yoshda bo'lishiga qaramay «Real Ovyedo» safida faoliyatini davom ettirayotgan Kasorla Pedrining haqiqiy muxlisi ekanini yashirmadi. U joriy mavsumda «Barselona»ga qarshi o'yindan so'ng yosh yarim himoyachidan uning futbolkasini so'raganini ma'lum qildi.

Santi Kasorla «Barselona» yulduzi Pedrini Lamin Yamaldan ustun qo'ydi

Kasorlaning ta'kidlashicha, 23 yoshli Pedri o'zining maydonni ko'rish qobiliyati bilan Xavi va Andres Inyesta kabi afsonalarni eslatadi. «U o'z yoshida dunyoning eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.

Pedri maydonda bo'lmaganida jamoa uning o'rnini juda qattiq sezadi», — dedi tajribali futbolchi.

Santi Kasorla «Barselona» yulduzi Pedrini Lamin Yamaldan ustun qo'ydi

Lamin Yamalning iqtidorini tan olgan holda, Kasorla baribir yarim himoyachilarga ko'proq mehr qo'yganini tushuntirdi. Uning so'zlariga ko'ra, o'zi ham faoliyati davomida aynan Pedri kabi pozitsiyada to'p surgani uchun uning harakatlariga ko'proq qiziqish bilan qaraydi.

Hozirda har ikki futbolchi Ispaniya terma jamoasi ixtiyorida bo'lib, 2026 yilgi jahon chempionati saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Luis de la Fuente jamoaning kelajakdagi rejalarida ushbu yulduzlarga asosiy e'tiborni qaratishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.