Yurrien Timber «Atletiko» bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

Yurrien Timber «Atletiko» bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

«Arsenal» jamoasi Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvi oldidan jiddiy yo'qotishga uchradi. Himoyachi Yurrien Timber «Atletiko»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan so'nggi mashg'ulotda ishtirok etmadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mart oyi o'rtalaridan beri jarohatini davolayotgan futbolchi hali yuqori darajadagi o'yinlarga tayyor emasligi ma'lum bo'ldi. Bosh murabbiy Mikel Arteta Madridda o'tadigan matbuot anjumanida himoyachining holati bo'yicha yakuniy ma'lumotni taqdim etishi kutilmoqda.

Yurrien Timber «Atletiko» bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

Shuningdek, hujumchi Kay Xaverts ham jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlarida ko'rinish bermadi. Germaniyalik futbolchi «Nyukasl» bilan bahsda mushagidan jarohat olgan edi.

Shifokorlar uning jarohati jiddiy emasligini aytishsa-da, u Madridda maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori.

Yurrien Timber «Atletiko» bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

Ijobiy xabarlar qatorida Eberichi Eze, Gabriel Martinelli va Rikkardo Kalafiorining umumiy guruhga qaytganini qayd etish lozim. Martinelli o'tgan dam olish kunlarida oyog'ida og'riq sezgan bo'lsa, Kalafiori chorak finalda olgan jarohatidan to'liq forig' bo'ldi.

Mikel Merino esa hamon oyog'idagi jarohati sababli safdan tashqarida qolmoqda. «Arsenal» tarkibi seshanba oqshomida Ispaniya poytaxtiga yo'l oladi.

Londonliklar ham ichki chempionat, ham Yevropa maydonlarida g'oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.