Mourinyo «Real Madrid» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod etib tayinlandi

Mourinyo «Real Madrid» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod etib tayinlandi

«Real Madrid» rahbariyati yaqin oylarda jamoaning murabbiylik masalasini hal qilishni rejalashtirmoqda. Klub prezidenti Florentino Perez kelasi yozda jamoani boshqarish uchun Joze Mourinyoni asosiy nomzod sifatida tanladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

«The Athletic» nashrining xabar berishicha, 63 yoshli portugaliyalik mutaxassis 13 yildan so'ng Madridga qaytishi kutilmoqda. U hozirda ketishi kutilayotgan Alvaro Arbeloaning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan eng asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

Mourinyo «Real Madrid» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod etib tayinlandi

Mourinyoning «Benfika» bilan 2027-yilgacha shartnomasi bor, biroq uning kelishuvida 3 million yevro miqdoridagi tovon puli ko'rsatilgan. Bu mablag' «Real Madrid» uchun muammo tug'dirmaydi.

Murabbiyning o'zi kelajagi haqidagi savollarga aniq javob bermay, hammasi klub tuzilmasiga bog'liqligini ta'kidladi.

Mourinyo «Real Madrid» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod etib tayinlandi

Madridliklar avvalroq Yurgen Klopp va Didye Desham nomzodlarini ko'rib chiqqan edi, biroq har ikki mutaxassis taklifni rad etgan. Shuningdek, nomzodlar orasida Lionel Skaloni va Sebastyan Xenness ham bor edi.

«Real Madrid» joriy mavsumda sovrinsiz qolish arafasida turibdi. Jamoa Ispaniya kubogidan chiqib ketdi, chempionatda esa «Barselona»dan 11 ochko ortda qolmoqda.

Chempionlar ligasidagi yurish esa chorak finalda «Bavariya»ga qarshi o'yinlardan so'ng yakunlandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.