Kazemiro yozda "Inter Mayami" safiga o'tishi mumkin

Kazemiro yozda "Inter Mayami" safiga o'tishi mumkin

Braziliyalik tajribali yarim himoyachi Kazemiro yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted" jamoasini tark etishi kutilmoqda. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida o'z nihoyasiga yetadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirgi vaqtda futbolchi MLS chempioni hisoblangan "Inter Mayami" rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Amerika klubi braziliyalik yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan asosiy da'vogarlardan biri sanaladi.

Kazemiro yozda "Inter Mayami" safiga o'tishi mumkin

Agar ushbu kelishuv muvaffaqiyatli yakunlansa, Kazemiro o'zining uzoq yillik raqibi Lionel Messi bilan bitta jamoada to'p surish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ular Ispaniya chempionatida ko'p yillar davomida bir-biriga qarshi o'ynagan.

"Inter Mayami" so'nggi yillarda Yevropaning ko'plab yulduzlarini o'z safiga jalb etishda davom etmoqda. Kazemironing transferi jamoaning yarim himoya chizig'ini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.