Gvardiola Grilishning "Man Siti"dagi kelajagi o'ziga bog'liqligini ta'kidladi

Gvardiola Grilishning "Man Siti"dagi kelajagi o'ziga bog'liqligini ta'kidladi

Pep Gvardiola "Everton"dagi ijarasi yakunlanayotgan Jek Grilishning "Man Siti"dagi kelajagi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Angliyalik futbolchi jarohat olguniga qadar yaxshi o'yin namoyish etgan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Vinger o'tgan yilning avgust oyida doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida "Everton"ga o'tgan edi. U 20 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Gvardiola Grilishning "Man Siti"dagi kelajagi o'ziga bog'liqligini ta'kidladi

Biroq oyog'idagi jarohat sababli mavsumni erta yakunlashga majbur bo'ldi.

Gvardiola futbolchining kelajagi faqat o'ziga bog'liq ekanligini ta'kidladi. Murabbiy Grilishning iqtidoriga shubha yo'qligini va uning tiklanib, keyingi mavsumda o'z darajasiga qaytishiga umid qilishini aytdi.

Yozda Bernardo Silva va Jon Stounz kabi futbolchilar jamoani tark etishi kutilmoqda. Bu holat Grilish uchun "Man Siti" asosiy tarkibida o'z o'rnini qaytarib olish imkoniyatini yaratishi mumkin.

Hozircha futbolchi mavsumoldi yig'inlarigacha to'liq tiklanishga e'tibor qaratmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.