Cristiano Ronaldo 2030-yilgi Jahon chempionatida oʻgʻli bilan oʻynashi kutilmoqda

Cristiano Ronaldo 2030-yilgi Jahon chempionatida oʻgʻli bilan oʻynashi kutilmoqda

Portugaliya terma jamoasi yulduzi Cristiano Ronaldo 45 yoshida ham yuqori saviyada toʻp surib, 2030-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Uning sobiq jamoadoshi Eric Djemba-Djemba hujumchining faoliyatini aynan oʻz vatanida oʻtadigan turnirda, oʻgʻli bilan birga yakunlashi „mukammal yakun“ boʻlishini taʼkidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirda Al-Nassr safida toʻp surayotgan 41 yoshli hujumchi joriy mavsumda 37 oʻyinda 30 ta gol urib, yoshiga doir barcha shubhalarni yoʻqqa chiqarmoqda. Manchester Yunayted klubidagi sobiq sherigi Djemba-Djembaning fikricha, Ronaldoning ruhiy tayyorgarligi va mehnatsevarligi uni 45 yoshgacha oʻynashiga imkon beradi.

„Men Cristiano Ronaldo 44 yoki 45 yoshgacha oʻynay olishiga chin dildan ishonaman. Uning qilayotgan ishlari meni hayron qoldirmaydi, chunki uni 17 yoshidan beri taniyman. U har doim mashgʻulotlardan keyin ham koʻproq ishlashni xohlardi. U oʻzini takomillashtirishga ruhan mukkasidan ketgan“, — deydi sobiq yarim himoyachi.

2030-yilgi mundial Portugaliyada oʻtishi Ronaldoning motivatsiyasini yanada oshirishi tayin. Eng qiziqarli jihati shundaki, oʻsha vaqtda uning oʻgʻli Cristiano Junior 21 yoshda boʻladi. Hozirda Al-Nassr akademiyasida porlayotgan kichik Ronaldo otasi bilan bir terma jamoada maydonga tushishi futbol tarixidagi eng goʻzal voqealardan biriga aylanishi mumkin.

Djemba-Djemba bu haqda shunday dedi: „Bu uning faoliyati uchun ajoyib yakun va Portugaliya futboli uchun unutilmas lahza boʻlardi. Tasavvur qiling, agar Cristiano Junior ham oʻsha yerda boʻlsa, bu shunchaki aql bovar qilmas voqea boʻladi. Oʻgʻli uchun otasining darajasiga chiqish qiyin, chunki Ronaldo boshqa sayyoralik, lekin bu baribir goʻzal hikoya boʻlar edi“.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.