«Paxtakor» bosh murabbiyi almashtirildi

«Paxtakor» bosh murabbiyi almashtirildi
O‘zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov «Paxtakor» klubini boshqarishi tasdiqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatgan.

«Kecha «Paxtakor» futbol klubi yangi rahbariyati futbolchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Rahbariyat a’zolari, murabbiylar shtabi va futbolchilar o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. «Paxtakor» klubi vise-prezidenti Bobur Shodiev boshqargan yig‘ilishda klubning hozirgi ahvoli va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi. Klub bosh direktori Umid Ahmadjonov bundan keyin ham murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilar bilan bunday muloqotlar davom etishini ta’kidlab o‘tdi. Tadbirda Jasur Abduraimov «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi», deyiladi klub rasmiy saytidagi ma’lumotda.
«Paxtakor» bosh murabbiyi almashtirildi
Bugundan boshlab Jasur Abduraimov rasmiy ravishda «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi vazifasini bajarishga kirishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.