Anchelotti «Bavariya» bilan chempion bo‘lish orqali tarixiy natija qayd etdi

Anchelotti «Bavariya» bilan chempion bo‘lish orqali tarixiy natija qayd etdi
«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z faoliyatida ilk marta Germaniya chempioniga aylandi.

Shu tariqa, 57 yoshli italyan mutaxassisi Top-5 chempionatlaridan 4 tasida jamoasini chempionlikka olib kelgan ilk murabbiyga aylandi.

Bungacha Anchelotti A Seriyada «Milan» bilan (2004), Premer-ligada «Chelsi» bilan (2010), va Liga 1 da «Pari Sen-Jermen» bilan (2013) chempionlikka erishgandi.

Anchelotti Ispaniyada ham ishlagan, ammo 2 yillik faoliyati davomida «Real» bilan faqat Ispaniya Kubogida zafar quchgan, ammo chempionatdagi g‘oliblik nasib etmagandi.

Anchelottining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 3 yilga mo‘ljallangan. Jamoa joriy mavsumning 31-turida «Volfsburg»ni 6:0 hisobida engib, muddatidan oldin chempionlikni ta’minladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.