«Ayaks» Erediviziyaning so‘nggi turida eng yosh tarkibni o‘ynatib, rekordni yangiladi

«Ayaks» Erediviziyaning so‘nggi turida eng yosh tarkibni o‘ynatib, rekordni yangiladi
«Ayaks»ning Niderlandiya chempionati oxirgi turida «Villem II» jamoasiga qarshi tushgan tarkib futbolchilarining o‘rtacha yoshi 20 yoshu 139 kunni tashkil qildi. Ushbu tarkib Erediviziya tarixida maydonda o‘ynagan eng yosh tarkibga aylandi, deb yozadi Kun.uz.

«Ayaks» bu orqali PSV jamoasi tomonidan 2013 yili «NEK Neymegen»ga qarshi o‘yinda o‘rnatilgan rekordni yangiladi. O‘shanda eyndxovenliklarning tarkibida o‘rtacha yosh 20 yoshu 155 kunni tashkil qilgandi.
«Ayaks» Erediviziyaning so‘nggi turida eng yosh tarkibni o‘ynatib, rekordni yangiladi
«Ayaks» mavsum yakunlariga ko‘ra «Feyenoord»dan bir ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Villem II – Ayaks 1:3 (0:1)

Gollar: Sxyurman (82) – Dolberg (38), Sanches (48), Klassen (66).
Villem II: Lampru, Peters, Laxman, van Anxolt, Kali, Kok, Sxyurman, Oyo (Xerkens, 69), Xaye (Kru, 52), Fran Sol, Abubakar (Ulare, 51).
Ayaks: Onana, Sanches, Ridevald, Tete, de Ligt (Vestermann, 71), de Yong, van de Bek (Nuri, 52), Neres, Klassen, Klyuyvert, Dolberg (Traore, 46).
Ogohlantirish: Peters (85).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.