«Real»ning texnik xodimlari «Atletiko»ni haqorat qiluvchi qo‘shiq kuyladilar

«Real»ning texnik xodimlari «Atletiko»ni haqorat qiluvchi qo‘shiq kuyladilar
«Real»ning texnik xodimlari «Atletiko»ni haqorat qiluvchi qo‘shiq kuyladilar

«Real»ning texnik xodimlari 4 dekabr kuni bosh murabbiy Karlo Anchelotti tomonidan uyushtirilgan tushlik chog‘ida klubning prinsipial raqibi - «Atletiko» haqida haqoratli qo‘shiq kuyladilar, Bu haqda «sport-express.ru »ga asoslanib «stadion.uz» xabar bermoqda.

Bu haqda Reuters xabar bergan va ispan telekanallarning birida bu holat ko‘rsatilgan.

Qo‘shiq matni taxminan quyidagicha bo‘lgan:

Baxtsiz qurbonlar podasi
Muxlislari o‘tkinchi.
Shuni ham eplay olmas -
Joyi doim ikkinchi.

Bilaman bu noto‘g‘ri, bilaman bu xunuk
Ammo «Atletiko»da ... yo‘q.

Tadbirda ishtirok etgan Anchelotti bu qo‘shiqni eshitmaganligini va bunday qilish noto‘g‘riligini ma’lum qilgan. «Atletiko» ustozi Diego Simeone buni sharhlashda bosh tortdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.