Messining bobosi: Argentina terma jamoasi o‘yinchilari nevaramga to‘p oshirmayapti


Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining bobosi Antonio Kuchchitini qiziq bayonot bilan chiqish qildi. Uning qayd etishicha, milliy terma jamoa futbolchilari maydonda Messiga yordam bermayapti, deb yozmoqda Uff.uz.
“Hamma narsani yutib bo‘lmaydi, Lionel esa etarlicha ish qilib bo‘ldi. U “Barselona”da muvaffaqiyatga erishmoqda, terma jamoada esa — yo‘q. So‘nggi uch o‘yinda u kuchsiz ko‘rindi. Leoga amalda to‘p oshirishmayapti va uni hisobga olishmayapti”, - dedi Kuchchitini.
Bundan tashqari, boboning qayd etishicha, Messi milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarlarda asos yo‘q.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













