FIDE prezidenti o‘zbekistonlik 7 yoshli shaxmatchi qiz bilan durang o‘ynadi (foto)

FIDE prezidenti o‘zbekistonlik 7 yoshli shaxmatchi qiz bilan durang o‘ynadi (foto)
FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov 16 iyun kuni Toshkentga tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Kirsan Ilyumjinov Toshkentga shaxmat bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari Hududiy chempionatining ochilishi kuni keldi. FIDE prezidenti shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktabiga bordi hamda u erda maktab o‘quvchilari o‘rtasida Jahon chempionatining kumush medali sohibasi 7 yoshli Odina Olimova bilan do‘stona partiya o‘tkazdi. Partiya durang bilan yakunlandi.
FIDE prezidenti o‘zbekistonlik 7 yoshli shaxmatchi qiz bilan durang o‘ynadi (foto)
Shuningdek, FIDE rahbari Turkmaniston shaxmat federasiyasi prezidenti, xalqaro grossmeyster Orazli Annageldiev, O‘zbekiston shaxmat federasiyasi birinchi vise-prezidenti Husan Turdialiev va vise-prezident Bahodir Umurzoqov bilan shaxmat Akademiyasi tarbiyalanuvchilariga katta shaxmatlarda durang taklif qildi.
FIDE prezidenti o‘zbekistonlik 7 yoshli shaxmatchi qiz bilan durang o‘ynadi (foto)
FIDE prezidenti o‘zbekistonlik 7 yoshli shaxmatchi qiz bilan durang o‘ynadi (foto)
Kirsan Ilyumjinov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat sport qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Iskandar Jo‘raev tomonidan ramziy yurishlar qilinib, shaxmat bo‘yicha Hududiy chempionat ochib berildi.
FIDE prezidenti o‘zbekistonlik 7 yoshli shaxmatchi qiz bilan durang o‘ynadi (foto)
Tadbir davomida FIDE prezidenti esdalik medali bilan taqdirlandi, keyin esa FIDE rahbari qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
FIDE prezidenti o‘zbekistonlik 7 yoshli shaxmatchi qiz bilan durang o‘ynadi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.