Ronaldu yakuniy qarorini qabul qildi! U «PSJ»ga o‘tib ketadi

Ronaldu yakuniy qarorini qabul qildi! U «PSJ»ga o‘tib ketadi
Madridning \"Real\" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilib bo‘ldi.

Portugaliyalik yulduz Parijning \"PSJ\" jamoasiga o‘tishni istaydi.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, 32 yoshli afsona Konfederasiyalar kubogidan keyin Madrid klubi rahbari Florentino Peres bilan ko‘rishib, o‘zining niyatini aytadi.

Yana bir ma’lumot Ronaldu Evropada qolishni istaydi, unga Xitoy yoki AQShdagi takliflar qiziq emas.

Eslatib o‘tamiz, \"PSJ\" Krishtianu uchun 100-150 mln. evro to‘lashga rozi. Shu bilan birga futbolchi \"Real\"dagidan ko‘proq maosh ham oladi.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.