Fedor Emelyanenko Bellator’dagi ilk jangini yutqazdi

Fedor Emelyanenko Bellator’dagi ilk jangini yutqazdi
Rossiyalik yakkakurash jangchisi Fedor Emelyanenko Bellator 180 musobaqasi doirasida amerikalik Mett Mitrionga mag‘lub bo‘ldi.

Nyu-Yorkdagi o‘tgan jang 2 daqiqaga ham bormadi. Ikki sportchi bir-biriga kuchli zarba bergandan keyin yiqilib tushishgan, biroq amerikalik tezda o‘zini o‘nglab olib, hali o‘rnidan turib ulgurmagan Emelyanenkoga zarbalar tushira ketgan. Hakam rossiyalik bir nechta og‘ir zarbalarni o‘tkazib yuborgandan keyin jangni to‘xtatishga qaror qilgan.

Bu jang fevralda bo‘lib etishi kerak edi, biroq jangga bir necha soat qolganda amerikalik buyragida tosh borligiga gumon bilan shifoxonaga yotqazilgan va jang keyinga qoldirilgandi.

Bu mag‘lubiyat Emelyanenkoning Bellator musobaqasidagi birinchi va faoliyatidagi beshinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.