Neymar: «Barselona»da shunday rahbariyat bor ekani juda qayg‘uli

Neymar: «Barselona»da shunday rahbariyat bor ekani juda qayg‘uli
«PSJ» hujumchisi Neymarning ma’lum qilishicha, «Barselona» rahbariyatida klubda yuqori lavozimlarni egallashi kerak bo‘lmagan kishilar bor.

«Barselona»da bunday rahbariyat bor ekanidan juda afsusdaman. Ular shunday yuqori lavozimlarni egallashi kerak bo‘lgan kishilar emas. «Barselona» ko‘proqqa loyiq. Men «Barselona»ga endigina o‘tganimda, hammasi yaxshi edi, biroq keyin... Mening u erda ko‘plab do‘stlarim bor, «Barselona»da baxtli to‘rt yilni o‘tkazdim», - deya Neymarning so‘zlarini keltiradi Football Espana.

Eslatib o‘tamiz, Neymar yozgi transferlar oynasi vaqtida «Barselona»dan «PSJ»ga 222 mln evro evaziga o‘tdi.

Avvalroq «Barselona» muxlislari klub rahbariyati iste’fosini talab qilayotgani xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.