Ueyn Runi hibsga olindi

Ueyn Runi hibsga olindi
\"Everton\" hujumchisi Ueyn Runi 31 avgust kuni politsiya tomonidan hibsga olindi.

Bunga futbolchi mast holda mashina boshqarganligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Huquqni himoya qiluvchi organlar Angliya terma jamoasi sobiq o‘yinchisi Runini u yashaydigan Cheshir grafligi yaqinida qo‘lga olishgan.

23 avgust kuni Runi Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgan edi. U milliy terma jamoa safida 119 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 53 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: Championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.