Neymar Parij yaqinidan besh qavatli uy sotib oldi

Neymar Parij yaqinidan besh qavatli uy sotib oldi
25 yoshli braziliyalik \"Barselona\"dan ketib, Parijga kelganidan so‘ng, mehmonxonada yashayotgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Neymar Parij yaqinidagi shaharchadan 5 qavatli uy sotib oldi.

Endi braziliyalik futbolchi 9 ming aholisi bor Bugivalda yashaydi. Neymar uyi atrofida 5 ming kvadrat metrga teng gazon, ayvon va hovuzlar (basseyn) bor. Neymarning yangi uyi PSJ mashg‘ulot bazasidan bir necha kilometr uzoqda joylashgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu hududda uning jamoadoshi Leyvin Kurzava ham istiqomat qiladi.

Manba: Championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.