Gamburg-2017: Shahram G‘iyosovga oltin medal uchun raxmat!

Gamburg-2017: Shahram G‘iyosovga oltin medal uchun raxmat!
Bugun Germaniyaning Gamburg shahrida 7 kun davom etgan boks bo‘yicha jahon chempionatining final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

69 kg vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov finalda kubalik Roniel Iglesiasga qarshi jang qildi.

Hamyurtimizning to‘liq ustunligida kechgan bahsda hakamlar ham hech narsa qila olishmadi va noiloj Shaxramning g‘alabasini tan olishdi.

Shu tariqa Shaxram G‘iyosov Gamburgdan oltin medal bilan qaytadigan bo‘ldi!

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Hasanboy Do‘smatov, Jasurbek Latipov va Iqboljon Xoldorovlar kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Manba: sports.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.