Foto: Ronaldu ma’shuqasi bilan Portugaliyaga bordi

Foto: Ronaldu ma’shuqasi bilan Portugaliyaga bordi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ma’shuqasi Jorjina Rodriges bilan Lissabonda Portugaliya chempionati doirasida “Sporting” va “Tondela” (1:0) o‘rtasidagi o‘yinini tomosha qilish uchun tashrif buyurdi, deb yozdi Qalampir nashri.
Foto: Ronaldu ma’shuqasi bilan Portugaliyaga bordi
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Barselona”ga qarshi birinchi uchrashuvda hakamni turtib yuborgani uchun to‘rtta o‘yinga chetlatilgandi va futbolchi Ispaniya chempionatini diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yubormoqda.

Ma’lumot uchun, Ronaldu futboldagi professional faoliyatini aynan “Sporting” jamoasida boshlagan.
Foto: Ronaldu ma’shuqasi bilan Portugaliyaga bordi
Krishtianu 2003 yilda “Sporting”dan “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan. Ayni damda portugaliyalik fubolchi Ispaniya chempionatini diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yubormoqda.

Ronalduning to‘p suradigan “Real” Ispaniya La-Ligasining 5-turida “Real Sosedad” bilan kuch sinashib, 3:1 hisobda g‘alaba qozondi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.