YECHL, «V» guruhi. «PSJ» «Bavariya»ni, «Seltik» «Anderlext»ni «yer tishlatdi»

YECHL, «V» guruhi. «PSJ» «Bavariya»ni, «Seltik» «Anderlext»ni «yer tishlatdi»
Yevropa chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «V» guruhi vakillari «PSJ» va «Seltik» raqiblarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

«PSJ» o‘z uyida favoritlar qatorida e’tirof etilayotgan «Bavariya»ni qabul qilib, Dani Alvesh, Edinsin Kavani va Neymar tomonidan kiritilgan gollar evaziga yirik hisobda g‘alaba erishdi. «Seltik» xuddi shu natijani Belgiyada «Anderlext» bilan o‘yinda qayd etdi.

Ushbu guruhda «PSJ» 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Bavariya» va «Seltik»da uch ochkodan mavjud. «Anderlext» esa autsayder sifatida ochkosiz qolmoqda.

Yevropa chempionlar ligasi, 2-tur
«B» guruhi

PSJ (Fransiya) – Bavariya (Germaniya) 3:0 (2:0)
Gollar:
Dani Alves (2), Kavani (31), Neymar (63).
PSJ: Areolya, Markinos, Kurzava, Dani Alves, Tiago Silva, Verratti (Draksler, 89), Motta (Lo Chelso, 86), Rabo, Neymar, Mbappe (Di Mariya, 79), Kavani.
Bavariya: Ulrayx, Martines, Zyule, Alaba, Tolisso (Rudi, 46), Kimmix, Vidal, Alkantara, Xames (Koman, 46), Myuller (Robben, 69), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Kimmix (23), Vidal (45), Alkantara (61), Verratti (73), Rudi (78).

Anderlext (Belgiya) – Seltik (Shotlandiya) 0:3 (0:1)
Gollar:
Griffits (38), Mbodji (50, avtogol), Sinkleyr (90+3).
Anderlext: Buks, Spayich (Mbodji, 44), Desxaxt (Stanchu, 58), Appia, Xanni (Bruno, 70), Kipchu, Gerkens, Dendonker, Trebel, Onekuru, Teodorchik.
Seltik: Gordon, Shimunovich, Lyustig, Tirni, Boyata, Rogich (Makgregor, 65), Braun (Biton, 70), Sinkleyr, Ntcham, Roberts (Forrest, 78), Griffits.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.