Uzoq tanaffusdan so‘ng ringga qaytgan yengilmas bokschimiz raqibini hayratga soldi

Uzoq tanaffusdan so‘ng ringga qaytgan yengilmas bokschimiz raqibini hayratga soldi
Professional ringda 19 ta jangda g‘alaba qozonib, bir marotaba durang natija qayd etgan Sherzod Husanov uch yarim yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytdi.

Faoliyatidagi 21-uchrashuvini belaruslik Kirill Samodurovga qarshi o‘tkazgan hamyurtimiz hamon mahorat bobida muammo yo‘qligini ko‘rsatdi. Uning raqibi professional ringda to‘qqizta jangning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan edi.

Lekin o‘ninchi uchrashuvda bunday bo‘lmadi. Sakkiz raund davomida ustunlik qilgan Sherzod Husanov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Manba: sports.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.