Diyego Maradona qizlarini sudga beradi

Diyego Maradona qizlarini sudga beradi
Argentina futboli afsonasi Diyego Maradona qizlari Dalma va Janina bilan sudlashishga qaror qildi.

The Sun xabariga ko‘ra, ular Urugvaydagi bankdan otasiga tegishli bo‘lgan 1,45 mln funt mablag‘ni bildirmasdan boshqa hisobga o‘tkazib yuborgan.

Natijada, 56 yoshli Maradona bundan darg‘azab bo‘lib, huquqshunoslariga sudga murojaat qilish haqida ko‘rsatma bergan.

Manbaning ma’lumotiga binoan, bu ishga Dalma va Janinaning onasi, Maradonaning sobiq xotini Klaudiya Vilyafane ham aloqador bo‘lishi mumkin. 2015 yilda Maradona uni 9 mln dollarni o‘g‘irlaganlikda ayblagan edi.

Manba: stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.