Kasilyas: Yana ikki yil o‘ynashni va EChL finalida «Real»ga ro‘baro‘ kelishni istayman


Madridning «Real» klubi sobiq hamda Portugaliyaning «Portu» jamoassi amaldagi darvozaboni Iker Kasilyas o‘zining kelajagi borasida gapirib o‘tdi.
«Portu» bilan mavjud shartnomamning shartlarini bajarishni istayman. Ruhan yaxshi ahvoldaman va agar jarohatlar bo‘lmasa, yana ikki yil o‘ynamoqchiman. Odatda, darvozabonlar boshqa futbolchilarga qaraganda uzoqroq o‘ynay olishadi.
«Real»ga keladigan bo‘lsak: Evropa Chempionlar ligasining finalida ularga qarshi o‘ynashni istayman. Jamoamning bunga imkoniyati etarli», - deydi Kasilyas.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













