Rustam To‘laganov Makgregorga qarshi jang qiladi

Rustam To‘laganov Makgregorga qarshi jang qiladi
Joriy yilning oktyabr oyida professional faoliyatini boshlagan bokschimiz Rustam To‘laganov o‘zining ikkinchi professional jangini AQShning Illinoys shtatidagi “Civic Center” arenasida o‘tkazadi. Jang 2018 yil 13 yanvar kuniga belgilangan.

Mazkur jangda unga mezbon bokschi Martez Makgregor raqiblik qiladi. Bu bokschi shu vaqtgacha professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, To‘laganov birinchi professional jangida amerikalik Robert Gerroni ochkolar bo‘yicha mag‘lub qilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.