Meksikalik futbolchi hakamni urib o‘ldirdi

Meksikalik futbolchi hakamni urib o‘ldirdi
Meksika chempionatining havaskorlar ligasi o‘yinida, futbolchi hakamni urdi, natijada u shifoxonada vafot etdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Futbolchi bosh hakam tomonidan maydondan chetlatilgan holatda, g‘azabdan o‘zini tutib turolmagan va uning boshiga musht tushirgan. Hakam hushidan ketib, maydonga yiqilgan.

U zudlik bilan Xalap shahri shifoxonasiga yetkazilgan. Biroq, bir hafta koma holatida yotgach, Xose Kapitiloning 30 dekabr kuni joni uzilgan.

Ayni paytda politsiya fojia sababchisini hibsga olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.