"Bunyodkor"ning umidli futbolchisi boshqa futbol o‘ynolmaydigan bo‘ldi

"Bunyodkor"ning umidli futbolchisi boshqa futbol o‘ynolmaydigan bo‘ldi
Avvalroq O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti yoshini sun’iy ravishda kichraytirgan bir qator futbolchilarni umrbod futboldan chetlatgani haqida xabar bergan edik.

E’tiborlisi, ushbu futbolchilar qatorida Toshkentning “Bunyodkor” klubi himoyachisi Dilshodbek Ahmadaliyev ham bor.

Ushbu futbolchi U-16 Osiyo chempionatida Zokir Ahmadaliyev nomi ostida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida musobaqada ishtirok etgan. U o‘shanda o‘z tug‘ilgan yilini 1996 yil sifatida ko‘rsatgan. Aslida esa ushbu futbolchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘yicha ismi Dilshod Ahmadaliyev bo‘lib, 1994 yil 2 noyabr kuni tavallud topgan.

Ma’lumot uchun, Dilshod Ahmadaliyev o‘tgan mavsum Oliy ligada jami 7ta bahsda (578 daqiqa) ishtirok etib, o‘z hisobiga 1t gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. U shuningdek O‘zbekiston kubogi (1ta) va Osiyo Chempionlar Ligasida (2ta) ham “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.