Olim Nazarov qirg‘izistonlik bokschining dodini berdi

Bugun Toshkentda professional bosk kechasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu kechada 17 ta jang bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, jumladan, hamyurtimiz Olim Nazarov qirg‘izistonlik Bekzat Irisov (4-0-0)ga qarshi jang olib bordi.
Ushbu o‘yinda hamyurtimiz g‘alabaga erishdi. Aniqrog‘i raqib 3-raundda jangni davom ettirishdan bosh tortdi. Qayd etish joiz, ushbu g‘alaba Nazarovning professional boksdagi 18-g‘alabasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval yana bir hamyurtimiz Jamshidbek Najmiddinov 17-g‘alabasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ushbu o‘yinda hamyurtimiz g‘alabaga erishdi. Aniqrog‘i raqib 3-raundda jangni davom ettirishdan bosh tortdi. Qayd etish joiz, ushbu g‘alaba Nazarovning professional boksdagi 18-g‘alabasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval yana bir hamyurtimiz Jamshidbek Najmiddinov 17-g‘alabasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













