India Open: Bokschilarimiz 5 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan birinchi o‘rinni egallashdi

India Open: Bokschilarimiz 5 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan birinchi o‘rinni egallashdi
Bugun, 1 fevral kuni Hindistonda bo‘lib o‘tgan India Open turnirida 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi final janglarini o‘tkazishdi.

Oltin medal uchun ringa chiqqan 7 nafar bokschidan 5 nafari maqsadga erishdi, ikki bokschi kumush medal bilan cheklanadigan bo‘ldi.

Bobousmon Boturov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Abdulhay Shorahmatov va Xudoynazar Fayzov o‘z raqiblaridan ustun keldi, Sanjar Tursunov va Iqboljon Xoldorov mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, 10 sportchi bilan turnirga borgan O‘zbekiston vakillari 5 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan birinchi bo‘lishdi. Ikkinchi o‘rinni 3ta oltin medal olgan Kuba vakillari egallashdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.