“Uzbek Tigers”ning kolumbiyalik bokschilarga qarshi tarkibi bilan tanishing

“Uzbek Tigers”ning kolumbiyalik bokschilarga qarshi tarkibi bilan tanishing
Xabaringiz bor, ertaga Uzbek Tigers jamoasi WSB VIII mavsum guruh bosqichi 3- turida Kolumbiyaning “Colombia Heroicos” bokschilarini sinovdan o‘tkazadi.

Mazkur bellashuvlarda 52, 60, 69, 81 va +91 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga chiqishadi.

Tarkiblar bilan tanishing:

52 kg: Xudoynazar Fayzov - Keybar Avila
60 kg: Shunqor Abdurasulov - Duvan Zuleta
69 kg: Mahmud Gaipov - Aleksandr Ranxel
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev - Diyego Motoa
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kristian Salkedo.

Eslatib o‘tamiz, kecha Cuba Domadores bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda bokschilarimiz 4:1 hisobida zafar quchgan edi.

Ertangi boks kechasi taekvando WTF federatsiyasiga qarashli “Universal” sport saroyida tashkil etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.