«Navbahor» klubi futbolchisi bir umrga futboldan chetlatildi

«Navbahor» klubi futbolchisi bir umrga futboldan chetlatildi
Yangi mavsum oldidan Namanganning «Navbahor» klubi bilan shartnoma imzolagan darvozabon Ilya Gavrilov butun umrga futboldan chetlatildi. Bu haqda Sputnik Belarus nashriga tayanib tribuna.uz xabar qilmoqda.

«Navbahor» bilan fevral boshida shartnoma tuzgan bo‘lishiga qaramasdan, Gavrilov O‘zbekiston Superligasi o‘yinlarida maydonga tushmayotgandi.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Belarus futbol federatsiyasi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan 12 nafar futbolga aloqador shaxslarni futboldan chetlatilganini e’lon qilgan. Ularning orasida ayna Ilya Gavrilov ham bor ekan.

Aynan shu sabab bilan ham «Navbahor» bu futbolchini qaydnomadan o‘tkaza olmagan.

Manba: www.tribuna.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.