Nilufar Usmonova va "Afruz" guruhi "Paxtakor" - AGMK uchrashuvida konsert beradi

Nilufar Usmonova va "Afruz" guruhi "Paxtakor" - AGMK uchrashuvida konsert beradi
18 mart kuni O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan \"Paxtakor\" - AGMK o‘yini bo‘lib o‘tadi.

O‘yindan avval stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar e’tiboriga konsert dasturi taqdim etiladi. Shu kuni \"Paxtakor\" stadionida Nilufar Usmonova hamda \"Afruz\" guruhi mehmon bo‘lishadi. Tanaffus paytida ham badiiy dastur davom ettiriladi va tomoshabinlar ijtimoiy aksiyada ishtirok etib, uch televizordan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb yozadi Shampionat.asia.

E’tiborlisi bularning barchasi mutlaqo BEPUL! Sababi \"Paxtakor\" - AGMK uchrashuviga kirish bepul qilib belgilangan. \"Paxtakor\" FK barcha muxlislarni yakshanba kuni soat 17:00dan keyin \"Paxtakor\" stadioniga chorlaydi.
Nilufar Usmonova va "Afruz" guruhi "Paxtakor" - AGMK uchrashuvida konsert beradi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.