Andrey Kanchelskis "Paxtakor" - "Qizilqum" o‘yiniga tashrif buyuradi

Andrey Kanchelskis "Paxtakor" - "Qizilqum" o‘yiniga tashrif buyuradi
Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri sanalgan Andrey Kanchelskis ertangi uchrashuvga tashrif buyuradi.
Kanchelskis faoliyati davomida \"Dinamo\" (Kiyev), \"Shaxtyor\", \"Manchester Yunayted\", \"Everton\", \"Fiorentina\", \"Glazgo Reynjers\", \"Manchester Siti\" kabi Yevropa va jahonga mashhur klublar sharafini himoya qilgan. Angliya va Shotlandiya chempioniga aylangan. 1992 va 1996 yilgi Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.

Ayni paytda u aviahalokatda hayotdan ko‘z yumgan futbolchilarning oilasiga yordam beruvchi xayriya jamg‘armasi a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda. Kanchelskis ertangi uchrashuvning faxriy mehmoniga aylanadi.

Manba: pakhtakor.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.