Rossiyada futbol uchrashuvini ayiq ochib berdi (video)

Rossiyada futbol uchrashuvini ayiq ochib berdi (video)
Tima laqabli ayiq Rossiyaning Professional futbol ligasida “Mashukom-KMV” va “Angusht” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni ochib berdi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.

O‘yin oldidan ayiq orqa panjalariga o‘tirib, bir necha bor qarsak chaldi. Shuningdek, o‘yin boshlanishidan oldin esa to‘pni bosh hakamga uzatdi.

Ushbu uchrashuv 3:0 hisobida “Angusht” foydasiga hal bo‘ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.