Hakamga hujum qilgan Arda Turon maydondan chetlatildi

Hakamga hujum qilgan Arda Turon maydondan chetlatildi
Turkiya chempionati 32-turida «Istanbul BB» klubi «Sivasspor» bilan bellashdi.

Mezbonlar o‘yin oxiriga qadar 1:0 hisobida oldinda edi, biroq so‘nggi daqiqada darvozabon Vulqon Bobojon o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob tenglashdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda «Istanbul BB» yarimhimoyachisi Arda Turonning asablari dosh berolmadi va yon hakamni itarib yubordi. Natijada, bosh hakam uni maydondan chetlatdi.

Ayni paytda «Istanbul BB» musobaqa jadvalida «Galatasaroy» bilan birga peshqadamlik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.