Pochettino – “Real” klubini boshqarish uchun asosiy da’vogar

Pochettino – “Real” klubini boshqarish uchun asosiy da’vogar
“Real” klubini Zayniddin Zidandan keyin kim boshqarishi haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda.

45 yoshli fransiyalik mutaxassis bugun jamoani tark etishini e’lon qildi. Madridlik jurnalist Pako Gonsalesning ma’lumot berishicha, “Real” klubini boshqarish uchun birinchi raqamli da’vogar – “Tottenxem” ustozi Maurisio Pochettino.

46 yoshli argentinalik murabbiyning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi 2022/23 mavsumga qadar amal qiladi. U bu kelishuvni imzolaganida “Real” yoki “PSJ” klublaridan taklif tushsa, jamoani tark etishini ma’lum qilgan.

Pochettino bundan avval ham primeroda faoliyat yuritgan bo‘lib 2009-2012 yillari “Espanol” klubini boshqargan.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.