Aleksandr Geynrixga yangi ish topildi

Aleksandr Geynrixga yangi ish topildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix Qozog‘istonning “Aktobe” klubi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Kazfootball.kz sayti xabariga tayanib Sports.uz nashri ma’lum qilmoqda.

Geynrix futbolchilik faoliyatini Toshkent viloyitining “Do‘stlik” jamoasida boshlagan. Keyinchalik “Paxtakor”, SSKA (Rossiya), “Torpedo” (Rossiya), “Suvon Samsung Blyuvings” (Janubiy Koreya), “Emireyts” (BAA), “Lokomotiv” (Toshkent), “Ordabasi” (Qozog‘iston) va “Aktobe” (Qozog‘iston) jamoalari da to‘p surgan.

O‘zbekiston terma jamoasi safida 98 o‘yinda ishtirok etib, 31 ta gol kiritgan.

Geynrix yil avvalida futbolchilik faoliyatini yakunlaganligini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng u “Aktobe”da seleksioner-murabbiy ishlayotgan edi. Endi esa u jamoa boshlig‘i sifatida ish boshlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.