JCh-2018. Maradona qilmishi uchun uzr so‘radi

JCh-2018. Maradona qilmishi uchun uzr so‘radi
Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi va murabbiyi Diyego Maradona Argentina – Islandiya uchrashuvidan (1:1) so‘ng barchadan kechirim so‘radi.

Afsonaviy hujumchi uchrashuv vaqtida tamaki chekkani ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgandi.

«Bugun argentinaliklar uchun og‘ir kun bo‘ldi, JChdagi ilk o‘yin juda asabiy ruhda kechdi. Buni barcha har xil qabul qiladi. Men chindan ham stadionda chekish mumkin emasligini bilmagan edim. Tashkilotchilar va barchadan uzr so‘rayman.

Olg‘a, Argentina! Kelinglar, bizning yigitlarni oldingidanda kuchliroq qo‘llab-quvvatlaymiz!» — deydi Maradona.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.