Osiyo terma jamoalaridan biri Arsen Venger xizmatidan voz kechdi

Osiyo terma jamoalaridan biri Arsen Venger xizmatidan voz kechdi
«Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Yaponiya terma jamoasida ishlamaydigan bo‘ldi. Mamlakat futbol federatsiyasi terma jamoani yoshlar terma jamoasi ustozi Xadzime Moriyasuga ishonib topshiradi, deya xabar qilmoqda Kyodo nashri.

JCh-2018 musobaqasida Yaponiya termasini Akiro Nishino boshqardi. Uning qo‘l ostidagi jamoa 1/8 finalga qadar yetib bordi.

Avvalroq fransiyalik mutaxassis Yaponiya termasiga bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar yangragandi.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.