Bahrom Haydarov: "Endi ishlarimiz yaxshilanib ketsa, ajab emas..."

Bahrom Haydarov: "Endi ishlarimiz yaxshilanib ketsa, ajab emas..."
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan \"Neftchi\" - \"Navbahor\" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Jamoalar musobaqa jadvalining nechanchi o‘rnida borishidan qat’iy nazar, \"Neftchi\" hamda \"Navbahor\"ning o‘zaro o‘yini hamisha ko‘pchilikning diqqat markazida o‘tib kelgan. Jamoalar hamisha ishqibozlarga shiddatli to‘qnashuvlar taqdim etib kelishgan. Bugungi o‘yinni biroz bosim ostida boshladik. O‘yin startida \"Navbahor\" tashabbusni qo‘lga olishga urindi. Lekin yigitlar bosimni yenggib o‘ta olishdi va bugun birinchi g‘alabamizga erishdik. Bu oldinga qo‘yilgan qadam. Endi muxlislar kutayotganidek sekin-asta ishlarimiz yaxshilanib ketsa ajab emas. Bundan keyin faqat g‘alabalarga erishishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.