Ivan Rakitich: “Xorvatiyani JCH-2018da butun dunyo yoqtirib qoldi, bu 1000ta gʻalabadan yaxshi”

Ivan Rakitich: “Xorvatiyani JCH-2018da butun dunyo yoqtirib qoldi, bu 1000ta gʻalabadan yaxshi”
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich Xorvatiya terma jamoasining JCH-2018dagi ishtiroki haqida gapirib oʻtdi.

“Eng yoqimlisi shuki, bizni butun dunyo yoqtirib qoldi. Bu 1000ta gʻalabadan yaxshiroq.

Ushbu musobaqada siz turli bosimlarda toblanasiz va shu bilan birga sizni ruhlantirishadi ham.

Mundialda ishtirok etgan boshqa mamlakatlarga hurmat saqlagan holda shuni aytmoqchimanki, bundan eʼtirof Xorvatiyadek kichkina davlat uchun ulkan natija”, - deydi Rakitich.

Eslatib oʻtamiz, Zlatko Dalich boshchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi finalga qadar yetib borib, hal qiluvchi oʻyinda Fransiyaga imkoniyatni boy berib qoʻyishgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.