Ronaldu “Real”dan nega ketgani maʼlum boʻldi

Ronaldu “Real”dan nega ketgani maʼlum boʻldi
Sky Sports eksperti Gilyem Balage Krishtianu Ronalduning “Real”dan ketish sabablarini oshkor qildi.

“Krishtianu Ronaldu ortiq uni “Real”da hurmat qilmasliklarini bildi. U katta mablagʻ xohlamasdi, shunchaki loyiha markazida boʻlishni istardi. Xatto u ketishidan oldin Florentino Peresning oldiga borganida “Real”dan uni olib qolishga moʻljallangan yangi shartnoma taklif qilishlarini kutgan”, - deydi Balage.

Eslatib oʻtamiz, Ronaldu yozda 117 million yevro evaziga “Yuventus”ga koʻchib oʻtgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.