“Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvida koʻplab televizor, changyutgich va telefon oʻynaladi

“Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvida koʻplab televizor, changyutgich va telefon oʻynaladi
Oʻzbekiston chempionati Superligaining 25-turida “Bunyodkor” oʻz maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. Ushbu oʻyin 3 oktyabr (chorshanba) kuni “Milliy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Shu kuni stadionga kelgan tomoshabinlardan eng omadlilari uylariga bir qancha televizor, changyutgich hamda uyali aloqa telefoni bilan qaytishga muvaffaq boʻladilar. “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan taʼsis etilgan sovgʻalar sifatida muxlislar uchun koʻngilochar aksiyada aynan shu qimmatbaho sovrinlar oʻynaladi. Xuddi shunday aksiyalar “Bunyodkor”ning mavsum oxirigacha boʻlgan barcha uy bellashuvlarida ham albatta tashkil etiladi.

“Bunyodkor” - “Navbahor” uchrashuviga kirish chiptalari narxi – 10.000 soʻm. CIP toifa chiptalar esa – 20.000 soʻm. Chiptalarni stadion kassalaridan sotib olishingiz mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.