Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi “Lokomotiv” ustidan gʻalaba qozondi

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi “Lokomotiv” ustidan gʻalaba qozondi
Otabek Gʻulomxoʻjayev murabbiyligidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida oʻtkaziladigan xalqaro musobaqa oldidan Toshkentda yigʻinga kirishgani hamda ushbu yigʻin doirasida “Lokomotiv” klubining oʻrinbosarlariga qarshi nazorat oʻyini oʻtkazishi haqida xabar bergan edik.

Kecha 5 oktyabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” sport stadionida tashkillashtirilgan oʻyin nihoyasiga yetdi. Murosasiz kechgan bahsda 2-0 hisobida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi gʻalaba qozondi.

Gollarni Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi tarkibida Jasur Jaloliddinov hamda Ulugʻbek Xoshimovlar kiritishdi. Otabek Gʻulomxoʻjayev jamoasi 8 oktyabr kuni Ispaniyaga joʻnab ketadi.

Eslatib oʻtamiz, Malagada boʻlib oʻtadigan musobaqada Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 3 ta bahsda maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Fransiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi soʻnggi oʻyin 15 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadi.

Manba: www.ufa.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.