Ana xolos! Arda Turan Turkiyada vatan xoinligida gumonlanmoqda

Ana xolos! Arda Turan Turkiyada vatan xoinligida gumonlanmoqda
Istambul shahri prokuraturasi mavsumni “Istanbul” klubi safida ijara asosida o‘tkazayotgan “Barselona” xavbeki Arda Turan borasida ish ochdi.

Berilgan xabarlarga qaraganda 31 yoshli futbolchi 2016 yil mamlakatda davlat to‘ntarilishini amalga oshirgani aytiladigan Fetxullax Gyulen bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda.

Ushbu masalada shuningdek Turkiya terma jamoasining sobiq futbolchilari Emre Belezoglu, Okan Buruka hamda Byulent Korkmazlar ham so‘roq qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Turan bundan bir necha kun muqaddam turkiyalik qo‘shiqchi Berkay Shaxinni urib, burnini sindirgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.