O‘zbekistonlik futbol muxlislari "Yuventus" klubi tomonidan e’tirof etildi

O‘zbekistonlik futbol muxlislari "Yuventus" klubi tomonidan e’tirof etildi
1 noyabr kuni Italiyaning \"Yuventus\" klubi tashkil topganiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan jamoaning butun dunyo bo‘ylab fan-klublari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Bu haqda klub \"Twitter\"dagi sahifasida xabar berdi.

Tanlov qoidasiga ko‘ra, har bir rasmiy fan-klub surat olib, uni \"Yuventus\"ga yuborishi lozim edi. Yuzdan ortiq mamlakatdan yuborilgan suratlar orasidan to‘rtta fan-klub g‘olib sifatida tanlandi.

G‘oliblar orasidan \"Yuventus\"ning O‘zbekistondagi rasmiy fan-klubi ham o‘rin oldi.

Turinning \"Yuventus\" klubi 1897 yil 1 noyabrda tashkil etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.