Og‘ir atletikachimiz jahon rekordini yangiladi

Og‘ir atletikachimiz jahon rekordini yangiladi
Bugun musobaqa doirasida -102 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazilmoqda va unda yurtimiz sharafini Akbar Jo‘rayev himoya qildi. Biroz avval mazkur vaznda dast ko‘tarish bo‘yicha bahslar yakunlandi.

Hamyurtimiz uchta urinish yakuniga ko‘ra 180 kg. tosh ko‘tardi va jahon rekordini yangiladi. Demak, hamyurtimiz hozircha dast ko‘tarish yakuniga ko‘ra oltin medalga ega chiqdi.

Unda shuningdek, siltab ko‘tarish va ikkikurash yakunlariga ko‘ra medal qo‘lga kiritish imkoniyatlari ham bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.