Solari «Real»ni qachongacha boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Solari «Real»ni qachongacha boshqarishi ma’lum bo‘ldi
«Real» ustozi vazifasini bajaruvchi Santyago Solari bosh murabbiy qilib tasdiqlanadi va mavsum oxiriga qadar jamoani boshqaradi, deb xabar beradi Kun.uz.

Eslatib o‘tamiz, Solari 29 oktyabr kuni Xulen Lopetegi o‘rniga vaqtinchalik bosh murabbiy qilib tayinlangan edi. Ayni paytda «Real» rahbariyati argentinalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoaning natijalaridan mamnun.

Ispaniya chempionati reglamentiga ko‘ra, vaqtinchalik bosh murabbiy jamoada uzog‘i bilan 2 hafta faoliyat yuritishi mumkin. Solari uchun bu muddat Primera doirasidagi «Selta»ga qarshi o‘yindan so‘ng, 11 noyabr kuni yetib keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.