“Navbahor” Superligada 3-o‘rinni egalladi va bronza medalini qo‘lga kiritdi

“Navbahor” Superligada 3-o‘rinni egalladi va bronza medalini qo‘lga kiritdi
Toshkentning “Bunyodkor” klubi FIFA talabiga ko‘ra 6 ochkodan maxrum qilinishi borasida O‘FA rasmiy saytida xabar e’lon qilindi. Unga ko‘ra jamoaning mazkur muammoning asosiy sababchisi bo‘lgan ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlik masalasi rasman yopilgani bo‘yicha ma’lumot ham taqdim etmaganligidir.

Shu bois “qaldirg‘cholar” Superliga yakunlanishiga 2 tur qolganda olti ochkodan ayrilishdi. Natijada, Namanganning “Navbahor” klubi muddatidan oldin 3-o‘rinni egalladi va bronza medallariga ega chiqdi.

Ma’lumot o‘rnida, shu kungacha “Bunyodkor” hisobida 24 ochko bor edi va endi Mirjalol Qosimov shogirdlarida 18 ochko mavjud. “Navbahor”da esa 28 ochko bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.